Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston O‘zbekistonga oltin qazib olinadigan hududni beradimi?
5.11.2019 17:53,  
825

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi barcha kelishuv bosqichlaridan o‘tkazildi va imzolanish uchun tayyor. Bu haqda “Aziya-Plyus” agentligi Tojikiston hukumatidagi manbalarga asoslangan holda xabar qilmoqda.

“Bugungi kunda kelishilgan shartnoma loyihasi imzolanishga tayyor bo‘lib, shartnomaga ikki davlat chegaralarining o‘tish liniyasining aniq nomlari ko‘rsatilgan xaritalar ilova qilinmoqda. Chegaraoldi ustunlarini o‘rnatish joylari ham kelishib olindi”, - deya ma’lumot bergan manba.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi parlament saylovlari tufayli, shartnoma imzolanishi kechroq muddatga qoldirildi.

Bundan avval, “Faraj” tojik axborot nashri tarqatgan xabarga muvofiq, chegara to‘g‘risidagi shartnoma asosida Tojikiston O‘zbekistonga So‘g‘d viloyati Mastchoh tumanida joylashgan 300 gektar yer hududini berishi kutilmoqda. “Maydonda so‘nggi 10 kun ichida hududni po‘lat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti”, qo‘shimcha qilinadi xabarda. Shuningdek, mazkur hududda «Aprelevka» Tojikiston-Kanada qo‘shma korxonasi tomonidan o‘zlashtirilgan oltin koni mavjudligi ham aytib o‘tilgan.

So‘g‘d tumani yer ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jamshed Umarzodaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, “O‘zbekistonga yer hududining berilishi hali-hanuz ko‘rib chiqilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 28 oktyabr kuni Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari davlat chegaralarini demarkatsiya qilish yuzasidan muzokara o‘tkazgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан