Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston rahbarining 33 yoshli o‘g‘li parlamentning yuqori palatasi raisi bo‘ldi
17.04.2020 20:05,  
398

Dushanbe shahar hokimi Rustam Emomali Tojikiston parlamenti yuqori palatasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri xabar berdi.

So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda va TBAV rahbari Yodgor Fayzov parlament raisining o‘rinbosari lavozimlariga saylandi.

Tojikiston parlamentinining 6-chaqiriq majlisida nutq so‘zlagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon barcha parlament a’zolarini, jumladan, Rustam Emomali va uning o‘rinbosarlarini tabrikladi. 

Rustam Emomali — Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li.

1987 yilda tug‘ilgan. Tojikiston milliy universitetini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U Tojikiston bojxona xizmati raisi, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi lavozimlarida ishlagan.

2017 yil 12 yanvarda prezident farmoni bilan Rustam Emomali Dushanbe meri lavozimiga tayinlangan.

2020 yil 27 mart kuni Rustam Emomali Tojikiston parlamentining yuqori palatasiga deputat etib saylandi. Uning nomzodi xalq deputatlari viloyat kengashining birinchi qo‘shma majlisida bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан