Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi rahbari koronavirus yuqtirib oldi
5.05.2020 20:47,  
426

5 may, seshanba kuni Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi rahbari Rahmatullo Zoyirov koronavirus yuqtirib olganini o‘z Facebook sahifasi orqali ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy Asia-plus nashri xabar bermoqda.

"Mana 8 kundan beri koronavirus bilan kasallanganman. Sog‘liq tilang. Do‘stlar, uyga kelmang", - deb yozadi Zoyirov. 

Avvalroq SDP rahbari Tojikistonda koronavirus mavjudligini yashirish bo‘yicha hukumatning harakatlarini tanqid qilgan edi.

30 aprel kuni Tojikiston mamlakatda Covid-19 mavjudligini rasman e’lon qildi. Mamlakat SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 4 may kuni respublikada fuqarolarning koronavirus bilan kasallanishining 230 ta yangi holati aniqlandi, shu jumladan Dushanbe shahrida 110 ta, respublikaga bo‘ysunadigan shaharlar va viloyatlarda 22 ta, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida 7 ta, Xatlon viloyatida 21 ta va Sug‘dda 70 ta holat. Koronavirus infeksiyasi 3 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан