Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston: “Tolibon”ning yangi hukumati tarkibida tojiklar ham bo‘lishi kerak
26.08.2021 20:31,  
296

“Tolibon” harakati Afg‘onistonni qariyb to‘liq qo‘lga kiritgach, ularning “norasmiy og‘asi” — Pokiston diplomatik muzokaralarni boshlab yubordi. Pokiston tashqi ishlar vaziri shu kunlarda Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Eronga amaliy tashrif bilan yuribdi.

Bugun u Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan uchrashibdi. Tojikiston tarafining Afg‘oniston bo‘yicha talablari e’tiborga molik:

Birinchidan, Tojikiston barcha afg‘onistonliklar, ayniqsa, tub xalqlar — tojiklarning istak-xohishlari inobatga olinmasa, “Tolibon” hukumatini tan olmaydi.

Ikkinchidan, Tojikiston fikricha, “Tolibon” inklyuziv, ya’ni jamiyatning barcha qatlami ishtirokida hukumat tuzish bo‘yicha dastlabki va’dalarini bajarmayapti. Mamlakat aholisining 46%ini tashkil qiladigan tojiklar albatta yangi hukumat tarkibida bo‘lishi kerak, demoqda Tojikiston.

Uchinchidan, Afg‘onistonning davlat tuzilishi referendum orqali barcha aholi qatlami xohish-istaklarini inobatga olgan holda shakllantirilishi kerak. “Tojiklar Afg‘onistonning bo‘lajak hukumatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak”, demoqda Emomali Rahmon.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан