Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidagi zastavaga qurolli guruh hujum qildi.
6.11.2019 11:37,  
2513

O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan zastavaga​ 20 nafar maskali, noma’lum kishilar qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Chegara qo‘shinlari tarqatgan press-relizda aytilishicha, 20 nafar qurollangan noma’lum shaxslar, 6 noyabrga o‘tar kechasi “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismining Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga hujum qilgan. Hujum davomida, ular 5 ta AKM avtomatlarini qo‘lga kiritishdi.

Shundan so‘ng, harbiylarning operatsiyasi natijasida, hujum qilgan shaxslar o‘rab olinadi va 15 tasi yo‘q qilinadi. Qolgan 5 tasi qo‘lga olinadi.

Operatsiya davomida chegara qo‘shinlarining bir nafar askari va bir nafar Tojikiston IIV xodimi ham halok bo‘lgan.

Hozirda voqea joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan bo‘lib, surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан