Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikiston Xitoyda uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatladi
16.07.2019 14:46,  
19

Tojikiston 37 ta davlat tarkibi ichida Xitoy tomonidan mahalliy aholi – uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatladi.

Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar vakillari BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining 41-chi sessiyasi yakuni bo‘yicha Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida XXR siyosatini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotni imzoladi.

Uyg‘urlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan davlat vakillari ta’kidlashicha, so‘nggi uch yil ichida Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida yirik jinoyat va terrorchilik harakatlar sodir etilmadi, bu esa  Xitoy siyosatining to‘g‘ri yo‘nalish tanlanganligidan dalolat beradi.

Bundan avval Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni muhokama qilinishida 22 ta davlat (ular ichida – Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) murojaat tayyorlashgan, unda Xitoy mahalliy musulmon aholi vakillari bilan qonunga zid bo‘lgan munosabat va inson huquqlari buzilishi holatlariga e’tibor qaratishgan.

Ochiq xatda uyg‘urlar to‘liq kuzatuvga olingani, tazyiq va maxsus tarbiya jamloqlari yaratilgani haqida yozilgan.

Bundan avval The Guardian nashri yozishicha, 2017 yilda har beshinchi hibsga olish Sinszyanda amalga oshirildi, qayta tarbiyalash jamloqlardagi mahbuslar soni 120 dan 180 ming kishi tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан