Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisi ochildi
30.10.2021 09:26,  
210

Dushanbeda Afg‘oniston Milliy qarshilik frontining ofisi ochildi. Bu haqda Tojikistondagi Afg‘oniston yelchixonasiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi — deya yozmoqda ’Daryo.uz’ nashri.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning Ismoil Somoniy tumanida joylashgan idorada ayni damda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlashdan so‘ng muassasa jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazadi, unda Tojikistondagi faoliyati dasturi haqida so‘zlab beradi.

Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti ofisining ochilishi haqida avvalroq bir qancha yekspertlar xabar qilgan. Xususan, Rossiya siyosatshunoslar jamiyati tahliliy markazi direktori, Afg‘oniston siyosatini o‘rganish markazi rahbari Andrey Serenko o‘zining Telegram kanalida bu ma’lumotni tasdiqlagan. Bu haqda Tojikistonda istiqomat qilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha boshqa yekspertlar ham gapirgan. Ammo Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti ularda bunday ma’lumotlar o‘qligini ma’lum qildi.

Ayni paytda front rahbari kichik Ahmad Mas’ud qayerda yekani noma’lum. U anchadan beri videomurojaat qilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан