Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda ilk islomiy bank ochildi
27.09.2019 17:28,  
270

Tojikiston poytaxti Dushanbeda Islom qonunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyat amalga oshiruvchi birinchi bankka litsenziya berildi. U 2014 yilda qabul qilingan Islom moliyasiga oid qonun asosida faoliyat olib boradi. Bu haqida Mir24 xabar berdi.

Islomiy bankda ribo (foiz)ni harom bo‘lib, u to‘laligicha shariat qoidalari bo‘yicha faoliyat olib boradi. Unda kreditlash degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Buning o‘rniga bank sarmoyador sifatida potensial mijozini sarmoyalaydi. Bunda mijozi olgan foydasidan shartnomaga muvofiq bank o‘z ulushini oladi.

«Bugun biz qanday ishlash va rivojlanish strategiyasini muhokama qildik. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, biz faoliyatimizni kengaytiramiz. Ushbu bankning ochilishi Respublika bank tarixida yangi sahifani ochib beradi», — deydi «Tavhid bank» direktori Sherali Zardov.

Islomiy bank foiz asosida ishlamasligi hamda shariat nojoiz deb topgan faoliyat turlari, masalan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni sarmoyalamasligi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан