Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda koronavirusga qarshi kurashgan o‘zbekistonlik shifokorlar olib kelindi (foto)
22.05.2020 15:15,  
448

Avval xabar berganimizdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega bir guruh shifokor mutaxassislarimiz Tojikiston Respublikasiga yo‘l olishgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, bugun tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan shifokorlarimiz yurtimizga qaytdi.

Foto: SSV

Yurtimizdan borgan anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislarimiz tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator tavsiyalar ishlab chiqishdi va shu asosda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Foto: SSV

Jumladan, Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha respublikadagi vaziyatni o‘rganish, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha chora-tadbirlarni rejalashtirish va og‘ir bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetuk mutaxassislardan iborat markaziy guruh tashkil etildi. Shuningdek, aholi tomonidan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish uchun, O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda, Sall-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat, tuman davolash profilaktika muassasalarining rahbarlari va yuqumli kasalliklar shifoxonalarining mutaxassislari ishtirokida qator onlayn videomuloqotlar o‘tkazildi.

Umuman olganda, yurtimiz mutaxassislarining 14 kun davomida tojikistonlik mutaxassislar koronavirus infeksiyasining oldini olish hamda davolashga harakat qildi.

Foto: SSV

Shuningdek, Tojikistonda bo‘lib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi barcha, ya’ni 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан