Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda muhtojlarga 15 million dollar tarqatildi
22.11.2020 20:47,  
202

Tojikistonda 390 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, yetimlar va qarovsiz bolalar, shuningdek, yordamga muhtoj chet elliklar – qochqinlarga bir martalik manzilli ijtimoiy nafaqalar to‘landi. Bu haqda Asia-Plus xabar qildi.

Yordam prezidentning «COVID-19 yuqumli kasalligining Tojikistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga ta’sirining oldini olish to‘g‘risida»gi farmoni doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 17 noyabriga qadar bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish uchun 175 million somoniyga yaqin (o‘rtacha yillik stavka bo‘yicha taxminan 15 million dollar) mablag‘ ajratildi, shundan 156 million somoniydan ziyodini muhtojlar qabul qilib olgan.

Ushbu mablag‘larning 35 foizga yaqini Xatlonda, 31 foizi So‘g‘dda, 23 foizi tumanlarda, 7 foizidan ortig‘i Dushanbeda va 4 foizidan sal ko‘prog‘i Tog‘li-Badaxshon muxtor viloyatida tarqatilgan.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan ro‘yxatga ko‘ra, 437,4 mingga yaqin kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, yetim bolalar, qarovsiz qolgan bolalar va kam ta’minlangan chet el fuqarolariga bir martalik manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, «COVID-19 yuqumli kasalligining Tojikistonning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga ta’sirining oldini olish to‘g‘risida»gi farmon prezident tomonidan 2020 yil 5 iyunda imzolangan.

«Davlat byudjetining zaxira mablag‘lari va byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan aholining zaif qatlamlariga, shu jumladan 1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, ijtimoiy nafaqa olayotgan fuqarolarga, nogironlarga, yetim bolalarga, qarovsiz qolgan bolalarga, kam ta’minlangan oilalarga eng kam ish haqi miqdorida bir martalik yordam taqdim etiladi», – deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, 2020 yilning may oyida hukumat qarori bilan kam ta’minlangan oilalarga manzilli ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to‘lashning yangi mexanizmi tasdiqlandi. Ushbu mexanizm orqali yordam berish 2020 yilning 1 iyulidan boshlandi.

Unga ko‘ra, har bir kam ta’minlangan oilaga yillik nafaqa 464 somoniy qilib belgilandi. Bunday imtiyozlar «Amonatbank» bo‘linmalari orqali har chorakda 116 somoniy miqdorida to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан