Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda Navro‘z bayrami ortiqcha xarajatlarsiz nishonlanadi
20.02.2021 19:32,  
124

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 19 fevral kuni bosh vazir o‘rinbosarlari, prezident maslahatchilari va qator davlat idoralari hamda vazirliklar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Asia Plus.

Yig‘ilishda bahorgi qishloq xo‘jaligi ishlari, Tojikiston mustaqilligining 30 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, yig‘ilishda Navro‘z bayramini nishonlash masalasi ham ko‘tarilgan bo‘lib, davlat rahbari ushbu bayramni ortiqcha xarajatlarsiz nishonlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Emomali Rahmonning ta’kidlashicha, respublika hukumatining barcha chora-tadbirlari xalqning yaxshi yashashi, mamlakatning rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Tojikistonda Navro‘z an’anaviy teatrlashtirilgan tomoshalarsiz o‘tkaziladi. Mamlakatning Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabi poytaxtning to‘rtta tumanida mahalliy konsert va sport tadbirlarini o‘tkazishga, shuningdek, barcha sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya qilgan holda sayrlarga ruxsat bergan.

Avvalroq Qozog‘istonda Navro‘z bayramini 10 kun nishonlash taklif etilayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан