Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda oltinchi aviakompaniya tashkil etilmoqda
13.10.2020 16:13,  
433

Tojikistonda tartib bo‘yicha oltichi aviakompaniya tashkil etilmoqda. Bu “Fly Union” aviakompaniyasi bo‘lib, aviashirkat Rossiyaning turli shaharlariga parvozlarni alamga oshirish istagini bildirgan.

“Fly Union” asoschisi va bosh direktori Yuriy Kolsov mahalliy “Aziya-Plyus” nashriga bergan intervyusida ushbu kompaniyani 2016 yilda tashkil etish istagi bo‘lib, bu haqda mamlakat prezidentiga xat yozgani haqida gapirgan. Ushbu g‘oya Tojikiston Transport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Aviakompaniya mamlakatdagi boshqa raqobatchilaridan farqli o‘laroq poytaxt Dushanbedan emas, mamlakat janubi-g‘arbidagi Boxtar (avvalgi Qo‘rg‘ontepa) aeroportidan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburgga parvozlarni amalga oshiradi.

Xususiy aviakompaniya parkida ikkita Boeing samolyoti bor: biri ishchi, ikkinchisi zaxira. Samolyotlar moliyaviy lizingga olingan. Aviashirkat ishchi samolyoti bilan haftada besh marta Moskvaga, shanba kuni Sankt-Peterburgga, yakshanba kuni Yekaterinburgga qatnashni rejalashtiryapti. Kompaniya loukoster emas, bosh direktori Yuriy Kolsovning so‘zlariga ko‘ra, u bozorga demping narx (bozorda o‘z o‘rnini topish uchun xarajatlardan ham arzonroq narx qo‘yish – sof.uz) bilan kirib kelmaydi. Aviakompaniya ta’sischilaridan biri janob Kolsovning o‘g‘li va yagona ishchi samolyot uchuvchilaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Tojikistonning uchta milliy aviakompaniyasi mavjud: TajikAir, SomonAir hamda Asian Express Airline (loukoster).

Tojikistondan Afg‘oniston, BAA, Eron, Hindiston, Pokiston, Xitoy kabi mamlakatlarga parvoz qilish uchun tashkil etilgan Asia Airways xususiy aviakompaniyasi 2015 yil noyabrda uning balansida bo‘lgan biroq BAA shirkati foydalanayotgan An-12 samolyotining Janubiy Sudandagi halokati bilan faoliyatini to‘xtatgan.

Yana bir xususiy aviakompaniya East Air Qo‘rg‘ontepadan Rossiya shaharlariga parvozlarni amalga oshirgan. 2014 yilda Tojikiston fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi East Air aviakompaniyasining sertifikatini bekor qilgan va aviakompaniya faoliyatini to‘xtatgan.

Mahalliy aviaxizmatlar bozorini diversifikatsiya qilish, aviakompaniyalar sonini oshirish O‘zbekistonning muammoli nuqtlaridan biri. Hozir mamlakatimizda yagona “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mahalliy aviaxizmatlarni taklif etadi. Respublikada milliy loukoster tashkil etilishi haqida ilk bora 2018 yil 28 fevralda gapirilgan edi. Xalqaro press klub sessiyasida ishtirok etgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Bosh direktori Umid Husanov hozirda loukoster tashkil etishning xalqaro tajribasi o‘rganilayotgani haqida so‘zlagan (tajriba hali-ham o‘rganilyapti chog‘i).

2020 yilning boshida yangi mahalliy aviakompaniya “Humo Air” yaratish boshlangan edi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori chiqqan. Humo Air ustav kapitaliga 43 dona An-2 samolyotlari o‘tkazilgan. Vazirlar Mahkamasi qarorida uch oy (!) ichida Humo Eirning rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan. Kompaniya avval boshdan mahalliy reyslar uchun mo‘ljallangan. Biroq hozirda Humo Air parvozlarni amalga oshirmayapti.

2020 yil davlat dasturida ham kamida beshta mahalliy aviakompaniya tashkil etilishi belgilangan, (Davlat dasturi pdf formatda keltirilgan, 169 bet) biroq yil yakuniga qadar uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa ham ular tashkil etilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан