Tojikistonda O‘zbekiston qurib bergan 630 o‘rinli maktab ochildi (fotojamlanma)

Tojikistonda O‘zbekiston qurib bergan 630 o‘rinli maktab ochildi (fotojamlanma)

Barcha rasmlar muallifi Madina Nurman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonli hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi № PQ-3596 sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida kelajakdagi ko‘p rejali hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar Rejasi»ga binoan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Spitamen tumani hududida 630 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan umumta’lim maktabining bino va inshootlari kompleksini qurib va jihozlab berdi.

Maktab, alohida ishlab chiqilgan, o‘quv jarayonlarini samarali tashkillashtirishga, fizika, ximiya, astronomiya, biologiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga, shuningdek, o‘g‘il bolalarni metall va yog‘ochga ishlov berish, qizlarni esa uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, qo‘l-hunar va chevarchilik san’ati bo‘yicha mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatishga, yopiq sportzal va ochiq stadionda sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga, kutubxonada ong - bilimlari darajasini oshirishga, tanaffuslarda ovqatlanishga har jihatdan qulay sharoitlar ko‘zda tutilgan loyihaga binoan qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyuldagi №570-F sonli farmoyishi bilan umumta’lim maktabini loyihalashtirish, qurish va jihozlash bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bosh buyurtmachi, «O‘zshaharsozlik LITI» DUK bosh loyihachi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiy bo‘linmalari va”Malaxit Plyus” MChJ bosh pudratchi etib tayinlangan.

Moliyalashtirish manbayi - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning o‘z mablag‘lari; loyihani amalga oshirish muddati – 2018 – 2019 yillar.

Loyihani ishlab chiqishga texnik topshirig‘i Tojikiston Respublikasi ta’lim va fan vazirligi, qurilish va arxitektura qo‘mitasi hamda So‘g‘d viloyati Raisi bilan kelishilgan.

Maktabning bino va inshootlar kompleksi 2,1 gektar maydonida joylashib quyidagilardan iborat:

A blokning birinchi qavatida biologiya, ximiya, fizika, astronomiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha sinflar va laboratoriyalar, metall va yog‘ochga ishlov berish, uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, qo‘l-hunar va chevarchilik san’ati bo‘yicha mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatishga kabinetlar joylashgan.

Ikkinchi qavatda boshlang‘ich sinflar, o‘quv kuni uzaytirilgan guruhlarga mo‘ljallangan maxsus kabinet, direktor, direktor o‘rinbosari, o‘qituvchilar, shifokor, kanselyariya, buxgalteriya va komendant xonalari joylashgan.

Uchinchi qavatda o‘quv va kompyuter sinflari, ona tili va adabiyot, ingliz tili, matematika, geografiya kabinetlari joylashgan.

B blokining birinchi qavatida sport zal, sport o‘qituvchisi, anjom – uskunalar, yechinish, dush, hojatxona, xonalari joylashgan.

V blokining birinchi qavatda ovqat tayyorlash xonasi, ovqatlanish zali, bufet va yordamchi xonalar, ikkinchi qavatda majlis zali, texnik markazi, kino anjomlari, san’atkorlar xonasi, kutubxona va boshqa xonalar joylashgan.

Maktab hududida, maktabni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun chuqurligi 180 m quduq qazilib, suv tortuvchi nasoslar o‘rnatilgan bino, elektr transformator binosi, isitish qozonxonasi, ichimlik suvini saqlash, yong‘inga qarshi havzalari, hojatxonalar va avtoturargoh qurilgan.

O‘lchami 60 m x 40 m, tabiiy o‘simlik bilan qoplangan va yugurish yo‘laklariga ega ochiq stadion, hamda o‘lchami 25 m x 20 m sport maydonchasi barpo etilgan.

Loyihaga muvofiq, maktab bloklarida elektr, issiq va sovuq suv ta’minoti, isitish va havo almashtirish tizimlari to‘liq o‘rnatilib, ichki va tashqi pardozlash ishlari bajarilgan. O‘quv sinflari, maxsus kabinetlar, ustaxonalar, laboratoriyalar, sport zali, 278 o‘rinli majlis zali, 224 o‘rinli oshxona va barcha kabinetlar zarur bo‘lgan mebel, asbob – uskunalar, kompyuter vositalari, o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan to‘liq jihozlangan.

Maktab va maktab oldi hududlarida yo‘l va yo‘lakchalar asfalt va bruschatka plitkalari bilan qoplanib, bordyurlar va irrigatsiya lotoklari, yoritish va sug‘orish tizimlari o‘rnatilgan, archa, mevali daraxtlar va gul bo‘talari ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilgan.

Shuningdek, So‘g‘d viloyati, Spitamen tumani ma’muriyati maktab foydalanishga qabul qilinganligi to‘g‘risida Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasini tasdiqlagan.