Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
1.03.2020 13:01,  
146

Bugun, 1 mart Tojikistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatning barcha shahar va tumanlarida ovoz berish jarayoni tonggi 6 dan boshlandi va kechki 8 gacha davom etadi.

Mamlakatda jami 4,9 mlndan ko‘proq saylovchilar bor. Ular 3412 ta saylov uchastkalarida Majlisi Namoyandagon – parlament quyi palatasi deputatlari uchun ovoz berishadi. 39 ta saylov uchastkasi respublika tashqarisida tashkil qilingan.

63 deputatlik o‘rni uchun 241 nomzod kurash olib bormoqda. Nomzodlardan 48 nafari ayol kishi.

Saylovda mamlakatning rasman ro‘yxatdan o‘tgan yettita partiyasi qatnashmoqda: Agrar partiya (13 nomzod), Sotsialistik partiya (5 nomzod), Xalq demokratik partiyasi (26 nomzod), Iqtisodiy islohotlar partiyasi (7 nomzod), Demokratik partiya (4 nomzod), Sotsial-demokratik partiya (5 nomzod), Kommunistik partiya (5 nomzod).

Saylovni turli xalqaro tashkilotlardan kelgan 230 nafardan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatmoqda. Bundan tashqari, saylovni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 250 dan ortiq vakillari yoritib boradilar.

Tojikiston respublikasi qonunchiligiga binoan, agar saylovlarda 50 foiz plyus bitta saylovchi qatnashsa, u haqiqiy deb hisoblanadi. Saylovning dastlabki natijalari dushanba kuni ertalab e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston parlamenti (Majlisi Oliy) ikki palatali.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан