Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda
11.10.2020 15:57,  
273

Bugun, 11 oktyabr kuni Tojikistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

68 ta saylov okrugi va 3414 ta saylov uchastkasi ovoz berish uchun ochildi. 39 ta saylov uchastkasi mamlakat tashqarisida ishlaydi. 4,9 million saylovchi ro‘yxatga olingan, byulletenlar to‘rt tilda: tojik, o‘zbek, rus va qirg‘iz tillarida chop etilgan.

Saylovlarda beshta nomzod ishtirok etyapti, ularning barchasi siyosiy kuchlar yetakchisi: amaldagi prezident Emomali Rahmon (XDP), deputat Meroj Abdullayev (Kommunistik partiya), Rustam Latifzoda (Agrar partiya), deputat Rustam Rahmatzoda (Iqtisodiy islohotlar partiyasi) va deputat Adbuhalim G‘afforov (Sotsialistik partiya).

Mamlakatni 1992 yildan beri boshqarayotgan Rahmon uchun bu beshinchi saylov bo‘lyapti.

Tojikiston prezidentligiga nomzodlarning saylov oldi va’dalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан