Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berildi
3.11.2020 11:23,  
174

Tojikistonda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish hamda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan mamlakatga kirishni cheklash tartibi joriy etilgandi.

Ma’lum qilinishicha, 2 noyabr kuni Tojikiston hukumati kunlik 50 nafargacha hujjatlari taqdim etilgan talabalarning Sariosiyo bojxona chegara posti orqali kirishiga ruxsat bergan (hozircha boshqa chegara postlaridan qancha talabalar kirishiga ruxsat berilganligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas).

Talabalardan Tojikistonga kirish uchun fuqarolik pasporti nusxasi, talabalik guvohnomasi hamda so‘ngi 72 soatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi to‘g‘risida test tahlili natijasini bojxona posti mas’ullariga topshirishlari talab qilinadi.

Avvalroq Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash 2021 yil boshiga qoldirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1 oktyabrdan boshlab barcha davlatlar, jumladan, Tojikiston uchun chegaralarini ochgan: bunda mamlakatlar cheklovlarga qarab guruhlarga ajratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан