Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonga eng ko‘p sayyohlar O‘zbekistondan tashrif buyurgan
26.02.2020 19:16,  
254

2019 yilda Tojikistonga 1,3 milliondan ortiq xorijlik sayyohlar tashrif buyurgan. Dastlabki uchlikni O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston fuqarolari tashkil etadi deb xabar bermoqda Sputnik tojik xizmati.

Mamlakatga eng sayyohlar O‘zbekistondan tashrif buyurgan. O‘zbek turistlarining soni 853 634 kishi bo‘lib, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 mingga ko‘proq, salmog‘i esa jami sayyohlarning 65,66 foizini tashkil qiladi.

Ikkinchi o‘rinda Rossiya Federatsiyasi — 212 062 kishi. Qirg‘iziston esa 116 277 kishi bilan uchinchi pog‘onada turibdi.

Dastlabki beshlikni Afg‘oniston (22,8 ming kishi), Qozog‘iston (20,9 ming kishi) yakunlaydi.

Bundan tashqari mamlakatga Xitoy, Turkiya, AQSh, Germaniya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan ham sayyohlar tashrif buyurgan. Umuman olganda 2019 yilda sayyohlik qo‘shni Tojikistonda bir yil avvalgiga qaraganda 21.5 %ga o‘sgan.

Asosan tog‘lar va ular orasidagi vodiylardan tashkil topgan Tojikistonning bir qator tabiat in’om qilgan diqqatga sazovor joylari bor. Tojik shahar va qishloqlari bo‘ylab yurar ekansiz, zamonaviylikdan ko‘ra ko‘proq milliylik nafasini his etasiz.

Mavzuga doir: Markaziy Osiyoning 2020 yilgi 10 ta eng muhim voqeasi

Mavzuga doir: Kelasi yildan Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi

Mavzuga doir: Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdo aylanmalari borasidagi statistikalari qanchalik to‘g‘ri? (tahlil)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан