Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonlik ayollarning 10 foizi eridan qo‘rqmasligi ma’lum bo‘ldi
19.12.2018 13:12,  
3

Tojikistonlik ayollarning 90 foizi erining qahridan qo‘rqadi. Tojikiston Statistika agentligi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov xulosasi mana shunday bo‘ldi.

So‘rovda 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan 10 ming ayol ishtirok etgan. Ularning aososiy qismi erlari noo‘rin rashk va g‘azab qilishlarini bildirganlar.

Mahalliy huquq faollariga ko‘ra, tojikistonlik qizlarning asosiy qismi turmushga chiqquniga qadar otasi yoki akalarining qahr-g‘azabidan qo‘rqib yashaydi, turmushga chiqqanlaridan so‘ng esa bu qo‘rquv hissi yanada kuchayadi.

So‘rovda qatnashgan har uchinchi ayol eri tomonidan kaltaklangani yoki jinsiy zo‘rlanganini ma’lum qilgan.

"International Alert" xalqaro tashkilotining tadqiqotlarida qayd etilishicha, erkaklarning ko‘pchiligi xotinlarini kaltaklash, so‘kish va ajrashib ketish bilan tahdid qilish orqali “tarbiyalash mumkinligi”ga ishonadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан