Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonlik fuqaro Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Qahramoni unvonini berishni taklif qildi
12.05.2020 12:02,  
535

Tojikistonning Xatlon viloyati Do‘sti tumanida yashovchi sholikor Hoji Muhammadiso O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Qahramoni unvonini berishni taklif qildi. Bu haqda «Aziya-Plyus» nashri xabar bermoqda.

70 yoshli Hoji Muhammadisoning aytishicha, O‘zbekiston rahbari bu unvonga munosibdir.

"Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin o‘zgardi. Tojikiston bilan aloqalar mustahkamlandi, muammolar yechildi", deydi u.

"Bundan tashqari, Mirziyoyevning hozir ham tojik xalqiga bergan yordamini e’tirof etish kerak. Bugun O‘zbekiston COVID-19ga qarshi kurashishda Tojikistonga yordam berayotganlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Toshkent uch marta Dushanbega beg‘araz yordam va o‘z vrachlarini yubordi", deydi Hoji Muhammadiso.

2018 yil avgustda Toshkentda bo‘lgan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasining "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан