Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tojikistonlik model ich kiyimda sahnaga chiqishdan bosh tortdi
9.10.2019 17:15,  
3282

Miss Tourism World 2019 tanlovida tojikistonlik model Sabrina Zuxurova sahnaga bikinida chiqishdan bosh tortdi.

Xitoyning Sindao shahrida 24 sentyabrdan beri xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkazilmoqda. Uning finali 10 oktyabrda bo‘ladi.

Tojikistonlik model tanlovning bir nechta bosqichidan o‘tdi va eng zo‘r beshta ishtirokchilar ro‘yxatiga kirdi.

U bikinida raqsga tushish kerakligini bilmagan. U milliy raqsni ijro etishga tayyorganlik ko‘rgan.

“Men tananing barcha qismlarini yopib turuvchi yubka kiygan edim, tashkilotchilar bikini kiyishimni so‘rashdi. Albatta, men tanlovda ishtirok etishdan bosh tortdim. Or-nomus tojdan muhimroq”, - deb javob berdi Sabrina.

Shundan so‘ng hakamlar undan 50 ballni olib tashlashdi. Shunga qaramay Sabrina tanlovning eng yaxshi o‘ntaligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Model jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa xalqaro go‘zallik tanlovlarda ishtirok etmaslikni aytdi.

Sabrina Zuxurova 24 yoshda. U Tojikiston milliy universitetini tamomlagan va hozirgi vaqtda bankda ishlamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан