Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio-2020: Birinchi kundayoq sakkiz nafar sportchimiz medallar uchun kurashdan chiqib ketdi
24.07.2021 16:10,  
450

Bugun Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga start berildi. Hozircha ulardan 10 nafari Olimpiya o‘yinlarining bugungi dasturida o‘z ishtirokini yakunladi. Afsuski, sakkiz sportchimiz medallar uchun kurashish imkoniyatini boy berdi.

Musobaqaning dastlabki kuni 11 nafar sportchimiz bahslarga kirishdi. Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib vakilamiz Muxtasar Tohirova (o‘q otish) belashuvlarga kirishdi.

Dunyoning eng kuchli 50 nafar mergani orasida Muxtasar 6 urinishda 622.2 ochko to‘pladi va yakunda 33-o‘rinni egalladi. Ushbu yo‘nalishda xitoylik Sian Yang 251,8 ochko jamg‘arib, Olimpiada rekordini yangilagan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin rossiyalik Anastasiya Galashina (251,1) va uchinchi pog‘ona shveysariyalik Nina Kristenga (230.6) nasib etdi.

Shundan so‘ng bir yo‘la ikki nafar qilichbozimiz ilk urinishdayoq Tokio bilan xayrlashdi.

Jumladan, Sherzod Mamutov ruminiyalik Yulian Teodotsiuga qarshi kechgan bahsda 11:15 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, uning jamoadoshi Malika Hakimova xitoylik Yuven Sunga 10:15 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Ushbu muvaffaqiyatsizliklarni bokschimiz Shahnoza Yunusova ham davom ettirdi. U ilk bosqichda polshalik raqibasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.  Shahnozaning keyin ringga ko‘tarilgan bokschimiz Sanjar Tursunov ham musobaqa bilan xayrlashdi. -91 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan hamyurtimiz jazoirlik Abdelxafid Benchablaga imkoniyatni boy berdi — 1:4.

Bokschilarimizning muvaffaqiyatsizlarini dzyudochimiz Sharofiddin Lutfillayev ham davom ettirdi. U ukrainalik Artyom Lesyukka yutqazib qo‘ydi va medallar uchun kurashdan chiqib ketdi.

Tennischimiz Denis Istomin esa birinchi davradayoq XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan xayrlashdi. Hindistonlik Sumit Nagalga qarshi kortga chiqqan vakilimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov bugun shosse yo‘nalishi bo‘yicha 234 km masofaga o‘tkazilgan poygada o‘z omadini sinab ko‘rdi. U jami 132 nafar sportchi orasida 64-natijani qayd etdi. Ushbu yo‘nalishda ekvadorlik Richard Karapaz oltin, belgiyalik Vout van Art kumush, sloveniyalik Tadey Pogachar bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugungi bahslardagi ijobiy natijalardan biri – akademik eshkak eshish bahslarida hamyurtlarimiz Sobirjon Safaraliyev va Shahboz Xolmurzayev juftligi 2000 metrlik poygada 6 ta terma jamoa orasida 4-natijani qayd etib, keyingi bosqichga yo‘l olgani bo‘ldi.

Bugun vakillarimiz orasida oxirgi bo‘lib sport gimnastikasi bahslarida ishtirok etayotgan Rasuljon Abdurahimov o‘z omadini sinab ko‘radiyu

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан