Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio-2020: MDHda ikkinchi, Markaziy Osiyoda birinchi bo‘ldik! (jadval)
8.08.2021 14:12,  
1386
 

Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi so‘nggi o‘zbekistonlik sportchi – Bahodir Jalolov finalda amerikalik bokschini taslim qilgan holda terma jamoamiz hisobiga 3-oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan Olimpiadani yakunladi.


Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi hozirda 3 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Rossiya Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasidan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan so‘ng 2-o‘rin qo‘shni Qirg‘iziston delegatsiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiadaga borgan Qirg‘iziston yakunda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (1 ta kumush) va Qozog‘iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан