Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari har kuni koronavirusga test topshirishi shart
2.05.2021 15:19,  
43

Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari tomonidan Yaponiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan musobaqa davomida sportchilar uchun qo‘llaniladigan epidemiologik xavfsizlik choralarini e’lon qilindi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) saytida xabar berilgan ushbu ma’lumotga ko‘ra, sportchilar har kuni koronavirusga test topshirishlari shart. Bundan tashqari, sportchilarning jamoat transportidan foydalanishi taqiqlanadi. Ovqatlanish ham tartibga solinadi. Barcha ishtirokchilar faqat Olimpiada ob’yektlarida, shuningdek, o‘zlari joylashgan mehmonxonalarda ovqatlanishlari mumkin.

Bundan tashqari, bo‘lajak musobaqalarning barcha ishtirokchilari niqobsiz odamlar bilan aloqa qilish taqiqlanadi. Shuningdek, ular doim ijtimoiy masofani saqlashlari kerak bo‘ladi.

Reglament Yaponiya hukumati, Tokio shahar rahbariyati, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari, shuningdek, mustaqil ekspertlarni o‘z ichiga olgan komissiya tomonidan tuzilgan.

Xavfsizlik qoidalarining so‘nggi versiyasi iyun oyida — musobaqaning rasmiy boshlanishidan taxminan bir oy oldin paydo aniq bo‘lishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘sha vaqtga borib musobaqalarga muxlislarni kiritish masalasi ham hal etiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан