Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi
24.03.2020 18:01,  
180

2020 yil 24 iyuldan 9 avgustga qadar o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio olimpiadasi keyingi yilga qoldirildi

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) matbuot kotibi bu borada shunday izoh berdi: “Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Yaponiya hukumati, Tokio 2020 Olimpiadasini tashkillashtiruvchi qo‘mita va XOQ ijroiya kengashining o‘zaro muhokamalaridan so‘ng o‘yinlarning keyinga qoldirilishi va bu borada o‘zaro aloqada bo‘lib turishini e’lon qildi”. 

Dushanba kuni kechqurun AQSh Olimpiya qo‘mitasi “o‘yinlarning kechiktirilishi muqarrar” deb aytgan, Kanada va Norvegiya esa agar olimpiada o‘yinlari keyinga qoldirilmasa, o‘z sportchilarini Yaponiyaga yubormasligini ma’lum qilgan edi.

Natijada Tokio olimpiadasi tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatda o‘yinlarni bir yilga kechiktirishga qaror qildi. 

Seshanba kuni muxbirlarga bu haqda intervyu bergan Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe “Men XOQ prezidenti Tomas Baxga olimpiadani bir yilga qoldirishni taklif qildim. U bunga to‘liq roziligini bildirdi. O‘yinlarning qoldirilishi sportchilarning musobaqada eng yaxshi holatda qatnashishi, tomoshabinlarning esa xavfsizligini ta’minlaydi”, dedi.  

Bir yillik kechiktirish Paralimpiya o‘yinlarini ham o‘z ichiga oladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан