Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tokioliklarning yarmi 2021 yilda olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga qarshi
29.06.2020 15:11,  
177

Tokio shahri aholisining yarmidan ko‘pi 2021 yilda yozgi Olimpiya o‘yinlarini shaharda o‘tkazishga qarshi chiqishgan. Bu haqda mahalliy Kyodo nashri xabar bermoqda. 26-28 iyun kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 51,7 foizi yangi muddatga ko‘chirilishiga yoki musobaqani butunlay bekor qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

So‘rovda qatnashgan shahar aholisining 46,3 foizi o‘z vaqtida Tokioda Olimpiada o‘tkazilishini ma’qullashgan. Qolganlari turnirga bo‘lgan munosabat haqidagi savolga javob bera olishmadi.

Tadqiqot Tokio MX tomonidan topshirilgan. Unda 18 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Shu yil yozda Tokioda yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda musobaqa tashkilotchilari uni bir yilga kechiktirdi. Hozircha ularni o‘tkazish 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha rejalashtirilgan.

Iyun oyida Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Xaruku Takaxashi musobaqani qayta tayinlashga ruxsat berdi. Uning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi tarqalishi holatlarida o‘yinlarning butunlay bekor qilinishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunday voqealar rivoji Yaponiya va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi.

Avvalroq, XOQ prezidenti Tomas Bax agar 2021 yilda Tokioda Olimpiada o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, tashkilot ushbu musobaqani bekor qilishi mumkinligini aytgan edi. Uning fikriga ko‘ra, o‘yinlarni qayta kechiktirish mumkin emas, chunki xalqaro federatsiyalar har yili musobaqalar taqvimini o‘zgartira olmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан