Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tolibon» Afg‘oniston hukumatiga yarashuv taklif qildi, evaziga o‘z jangarilarining ozod etilishini so‘radi
15.07.2021 15:37,  
304

«Tolibon» Afg‘oniston hukumatiga uch oy o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qildi. Evaziga esa ular harakatning avvalroq qo‘lga olingan 7000 jangarisi ozod etilishini talab qildi. Bu haqda Qatar poytaxti Dohada «Tolibon» bilan muzokaralarda bo‘lgan Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi a’zosi Nader Naderiga tayanib, «TASS» xabar berdi.

«‘Tolibon’ uch oylik sulh taklif qildi, ammo Afg‘oniston hukumatidan o‘z tarafdorlari bo‘lgan 7000 mahbusni ozod qilishni talab qildi. Bu jiddiy talab, avval shunday qilib ko‘rganmiz: ‘Tolibon’ a’zolarning 5 ming nafarini qamoqdan ozod qilish vaziyatni yaxshilamagandi, aksincha keskinlikning oshishiga sabab bo‘lgan», — dedi Naderi Kobuldagi matbuot anjumanida.

16 iyul kuni Kobulda 11 nafar afg‘onistonlik siyosatchidan iborat delegatsiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng delegatsiya «Tolibon» bilan muzokaralar uchun Dohaga yuboriladi.

2020 yilning sentyabr oyidan buyon davom etayotgan ushbu maslahatlashuvlar bir necha bor to‘xtatilgan va yaqinda qayta tiklangan. Hozircha ular ekspertlar darajasida, jumladan, Naderi ishtirokida olib borilmoqda. Boshidanoq Doha kelajakdagi tinchlik muzokaralari bo‘yicha kun tartibini muhokama qilishdan nariga o‘tolmagan. Hozirga qadar muhokamalarga dastlabki bosqichda deb qaraladi.

Dohadagi uchrashuvda Kobul delegatsiyasi tarkibida, xususan, Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay va Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashining raisi Abdulla Abdulla bo‘lishi taxmin qilinmoqda. «Tolibon» delegatsiyasiga ularning asosiy muzokarachisi Abdul G‘ani Baradar rahbarlik qiladi.

Avvalroq Hamid Karzay Kobuldagi matbuot anjumanida yaqin orada mamlakat hukumati va «Tolibon» o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlanishi haqida aytgan edi. Abdulla Abdulla ham xuddi shunday bayonot bilan Afg‘oniston hukumati tinchlik muzokaralariga tayyorligini ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан