Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston oldidagi qarzini uzishga va’da berdi
24.10.2021 09:35,  
194

“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat Afg‘onistonning O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzlarini to‘liq to‘lash majburiyatini olgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma’lum qildi, deya yozmoqda rus nashrlari

“Biz muzokara o‘tkazdik. Unda muvaqqat hukumat vakillari, energetika sohasi uchun mas’ullar hamda Afg‘oniston elektr tarmoqlari [АЭТ] kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Vaziyat imkon bersa, chunki bank tizimining ishlashi hamda muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog‘liq bir qator muammolar bor, AET’dagi hamkasblar mavjud bo‘lgan barcha qarzlarni darhol qoplab beradi, shunga kelishdik. Lekin, bunga qaramay, biz elektr energiyasi bilan ta’minlashda davom etmoqdamiz”, deydi Umurzoqov.

Bosh vazir o‘rinbosari Toshkent Qobulga elektr energiyasi yetkazib berishni bir soat ham to‘xtatmaganini, Afg‘oniston esa O‘zbekistondan o‘z ehtiyojiga ko‘ra elektr energiyasini to‘liq olayotganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qarorga asosiy sabab “qardosh afg‘on xalqiga mana shu og‘ir damda yordam ko‘rsatish” istagidir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida qilgan onlayn nutqida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirib, O‘zbekiston o‘z qo‘shnilariga muntazam ravishda oziq-ovqat, neft mahsulotlari va elektr energiyasi yetkazib berayotganini qayd etgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан