Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tolibon» harakati Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar olib borilishiga yo‘l qo‘yilmasligini vada berdi
15.08.2021 16:39,  
326

«Biz hech kimga Afg‘oniston hududidan har qanday mamlakatga, shu jumladan, qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik tarafdorimiz», — dedi harakat vakili Muhammad Suhayl Shohin Hindistonning ANI agentligiga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, u «Tolibon» bazalari Pokistonda joylashgan terrorchilik guruhlari bilan aloqadorligi haqidagi da’volarni rad etdi. «Bu asossiz da’volardir. Ular haqiqiy faktlarga emas, bizga nisbatan muayyan siyosiy munosabatga asoslangan», — dedi u.

«Tolibon» vakili Hindistonning afg‘on xalqiga yordamini qadrlashini aytdi. «Ular afg‘on xalqiga yoki milliy loyihalarga yordam bermoqda. Ular buni avval ham qilgan. Fikrimcha, bu qadrlanadigan narsa», — dedi u.

Hindiston Afg‘onistondagi voqealar rivojidan tashvishda va «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelgudek bo‘lsa, Hindiston hududidagi terrorchilik guruhlari ham faollashishidan xavfsiramoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан