Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Tolibon» O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilmadi
20.07.2019 18:27,  
10

Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q, lekin chaqirilsa, bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Qatardagi "Tolibon" siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxel Shaminga tayangan holda.

Ilgariroq 1TV telekanali bundan oldingi, 7-8 iyul kunlari Qatarda o‘tkazilgan matbuot-anjumaniga tayanib, afg‘onlararo uchrashuv uch yoki to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edi. Manba shuningdek, tomonlar keyingi ikki hafta davomida dastlabki tinchlik shartnomasini imzolashi haqida xabar bergandi.

"O‘zbekistonda o‘tkaziladigan uchrashuv sanasi hali aniqlashtirilgani yo‘q, lekin agar biz O‘zbekistondan taklif olsak, uni ko‘rib chiqamiz", - deb aytgan Shaxin.

Doxadagi afg‘onlararo anjuman 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik anjumanda 60dan ziyod afg‘onlar ishtirok etishgan, shu jumladan, "Tolibon" radikal harakati a’zolari ham. Uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng 9 iyulga o‘tar kechasi delegatlar yakuniy bayonnomani qabul qilishgan, unda Afg‘onistondagi oddiy fuqarolar orasidagi yo‘qotishlarni nol darajaga tushirish va ta’lim hamda tibbiyot muassasalari himoyasini ta’minlash majburiyatlari qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан