Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Tolibon" O‘zbekistonga hujum qiladimi?
15.08.2021 09:30,  
6446

"Tolibon" Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritsa, so‘ng qo‘shni mamlakatlarga hujum qilishi mumkinmi, degan savollar paydo bo‘lmoqda.

Yo‘q. Buning ehtimoli juda kam. Agar rasmiy Toshkent va "Tolibon" o‘rtasida favqulodda jiddiy ixitlof yuz bermasa, "Tolibon" bunday ishga qo‘l urmaydi.

Nega?

Tolibonning azaldan maqsadi Afg‘onistonda islomiy amirlik barpo etish. Guruh o‘z missiyasini Afg‘onistondan tashqariga olib chiqish niyatida emasligini bot-bot aytib keladi.

Albatta, faqat Tolibonning so‘ziga ishonish bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. U qo‘shnilariga hujum qilmasligining asosiy sabablari aslida boshqa.

Avvalo, hozir Tolibonning eng katta maqsadi Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritish va bu hokimiyatni mustahkamlash. Qo‘shni davlatlar hududiga daxl qilish bu orzuning amalga oshishini yo‘qqa chiqaradi.

Ikkinchidan, Tolibon xalqaro hamjamiyatda tan olinishni istaydi. Bugungi Tolibon va 20 yil avvalgi Tolibon o‘rtasida katta farq bor. Guruh 20 yil oldin yo‘l qo‘ygan siyosiy xatolarini takrorlashni istamaydi.

Kobulda Tolibon rejimi o‘rnatilsa, to‘g‘ri, mamlakatda radikal talqindagi shariat hukmronligi boshlanadi. Lekin u 20 yil avvalgi rejimdan baribir yumshoqroq bo‘ladi. Chunki xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlovi va yordamisiz Tolibon uzoqqa bora olmasligini yaxshi biladi. Rejim xalqaro maydonda kamida musulmon mamlakatlar tomonidan tan olinishga erishishga harakat qiladi.

Uchinchidan, hukmronlikni qo‘lga olish Tolibon uchun eng osoni. Eng qiyini uni saqlab qolish va 30-40 millionlik xalqni boqish va boshqarish. Bu masalada tolibonga xorijiy davlatlar, xususan, qo‘shnilar yordami kerak bo‘ladi.

Hayraton ko‘prigi orqali O‘zbekistondan Afg‘onistonga minglab tonna oziq-ovqat va boshqa yuklar o‘tadi. Tolibon uchun, Afg‘oniston uchun hozir bu yuklar suv bilan havodek zarur.

Shuning uchun Tolibon O‘zbekiston va boshqa qo‘shnilar bilan nizoga kirib, chegaralararo savdo va yuklar o‘tishining to‘xtab qolishini istamaydi. Chegarada to‘liq nazoratni qo‘lga olishlari bilan Tolibon Toshkent bilan kelishib, yuklar qatnovini odatdagidek davom ettirishga harakat qiladi.

Xullas, vaziyat juda beqaror. Qo‘shnilar xavotir olishlari uchun yetarli darajada asoslar bor. Harbiy hushyorlik va hozirlikni, albatta, oshirish kerak. Minglab, balki millionlab qochoqlar qo‘shni mamlakatlarga o‘tishi ehtimoli ham yo‘q emas. O‘zbekiston bunga ham tayyor turishi kerak.

Lekin Tolibonning qo‘shni davlatlarga hujum qilishi ehtimoli juda past.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан