Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






21 iyun kuni o‘zbekistonliklar ham kuzata oladigan halqasimon Quyosh tutilishi kuzatiladi
16.06.2020 13:03,  
1148

Shu yilning 21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi. Ushbu hodisa bo‘yicha O‘zR FA Astronomiya Instituti kichik ilmiy xodimi Matekov Azizbek tomonidan batafsil ma’lumot tayyorlandi.

Tutilishni kuzatish mumkin bo‘lgan hududlar dunyo xaritasida.
  • Qisman tutilishning boshlanishi 21 iyun 03:45:58
  • To‘liq tutilishning boshlanishi 21 iyun 04:47:45
  • Tutilishning maksimum qiymati 21 iyun 06:40:04
  • To‘liq tutilishning tugashi 21 iyun 08:32:17
  • Qisman tutilishning tugashi 21 iyun 09:34:01

Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevrosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eritreya, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakldagi Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.

O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarida ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi. O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

Aholi yashash punktlari Tutilishning boshlanish vaqti Tutilishning maksimum vaqti Tutilishning tugash vaqti Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*) Tutilishning umumiy davomiyligi

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 51% ini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da Quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan bo‘lib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hududlarida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.

Halqasimon Quyosh tutilishi haqida qisqacha ma’lumot

Halqasimon Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining markazi Oy tomonidan to‘silganida soya atrofida ingichka yorug‘ halqa hosil bo‘lishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon bo‘lishi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan izohlanadi. Oy Yerga qanchalik yaqin paytda tutilish bo‘lsa Quyoshning shunchalik katta qismi to‘siladi.

Halqasimon Quyosh tutilishi

2019 yil 26 dekabrda kuzatilgan halqasimon Quyosh tutilishining to‘liq fazasi, Shri-Lanka

Tutilish kattaligi (magnitudasi) – bu o‘lcham birligiga ega bo‘lmagan kattalik bo‘lib, u to‘silayotgan jism diski diametrining qancha qismi to‘suvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0.0 dan 1.0 oralig‘ida o‘zgaradi va uning qiymatiga qarab tutilishi asosiy uchta qisman, halqasimon va to‘liq tutilish turlariga bo‘linadi.

Shu o‘rinda ayrim ko‘rsatmalar va maslahatlar berib o‘tamiz. Quyosh tutilishini maxsus Quyosh nurini yutuvchi qora ko‘zoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.

Optik qurilmalar - durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu ko‘zga zarar yetkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus Quyosh filtrlarini o‘rnatish kerak.

Quyosh tutilishini kuzatish bo‘yicha qat’iy ogohlantirishlar va tavsiyalar.

Quyosh tutilishini optik asboblar yordamida ma’lum bir ekranga proyeksiyalash orqali ham kuzatish mumkin. Lekin bu holat uzoq davom etsa optik asboblar quyosh nurini yiqib bergani uchun qizib ketishi ehtimoli katta hisoblanadi.

Quyosh tutilishini optik qurilmalar yordamida xavfsiz kuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar.

 

Quyosh tutilishini eng xavfsiz va qulay kuzatish usullardan biri bu karton qog‘ozda kichik tirqishli hosil qilib, Quyosh nurini ushbu tirqishdan o‘tkazib, ikkinchi karton qog‘ozga (ekran) proyeksiyalashdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан