Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘qayev KXShT tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi missiyasi yakunlanganini e’lon qildi
11.01.2022 15:09,  
187

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev parlament majlisida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

«KXShT kuchlarining asosiy missiyasi yakunlandi, ikki kundan keyin mamlakatdan KXShT birlashgan tinchlikparvar kontingentini bosqichma-bosqich olib chiqish boshlanadi», — degan Qozog‘iston prezidenti.

U mamlakatda aksilterror operatsiyasining keskin bosqichidan o‘tib bo‘lingani, barcha hududlarda vaziyat barqaror ekanini qo‘shimcha qildi.

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, endi Qozog‘istondagi xavfsizlik tizimini tubdan qayta tashkil etish zarur. Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya maxsus kuchlarining soni ko‘paytiriladi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston rahbari davlat amaldorlariga qarshi hujumlar va ularga bo‘ysunmaslik uchun mamlakatda javobgarlikni kuchaytirishga chaqirdi. To‘qayev, ayniqsa, qamoqxonalarda jinoyatchilarning turli mafkuralar bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан