Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toqayev mamlakatdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi
9.01.2022 20:51,  
590

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi mavjud vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda “Grom24” nashri yozgan.

– Hurmatli vatandoshlar, sizlarni yana bir bor ehtiyotkorlikka, ichki va tashqi ig‘voga uchmaslikka, mitingbozlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqiraman. Davlat idoralariga, fuqarolik va harbiy inshootlarga hujum qilish da’vati mutlaqo noqonuniy. Bu qat’iy jazolanadigan jinoyat. Bizga ziddiyat emas, balki o‘zaro ishonch kerak.

Men yoshlarga murojaat qilaman! Hayot yo‘lingizni buzmang, yaqinlaringiz hayotini zaharlamang.
Siz tomondan kelib tushgan barcha qonuniy so‘rov va talablar diqqat bilan ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Ertaga ushbu masalalar bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Men sizning hushyorligingizga umid qilaman. Garovda xalqning farovonligi, mamlakatimizning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан