Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toransport vazirligi Qo‘yliqdagi vodiyga qatnovchi haydovchilar bilan uchrashdi
16.03.2020 10:16,  
9524

Transport vazirligining Toshkent shahar transport boshqarmasi va IIBB YXHB inspektorlari bilan birgalikda Toshkent shahridan respublikamiz viloyatlariga qatnovchi taksilarda yo‘lkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

“Qo‘yliq” bozori yaqinida joylashgan avtoturargohda Toshkentdan vodiy viloyatlariga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda aynan ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan haydovchilar yo‘lkira haqini 200 000 so‘mgacha oshirib yuborganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.   

O‘rganishlar davomida ayni damda Toshkent- Farg‘ona yo‘nalishida yo‘lkira haqi 50 - 60 000, Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida 40-50 000, Toshkent - Namangan yo‘nalishida 50 – 60 000, Toshkent- Andijon yo‘nalishida esa 70-80 000 so‘m atrofida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан