Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘raqo‘rg‘on tumanida harakatlanib ketayotgan "Spark" yonib ketdi
6.09.2021 22:36,  
227

Bugun Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida kutilmagan avtotransport hodisasi yuz berib, halokatli vaziyat bilan yakunlandi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil 6 sentyabr kuni soat 15:58lar chamasida, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Chustko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Tut” ko‘chasida harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1961 yilda tug‘ilgan, ushbu tumandagi O‘rda yer mahallasida yashovchi F. Q. boshqaruvidagi “Spark” avtomomashinasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Buning oqibatida avtomashinaning saloni, matori va kuzovi to‘liq yonib zararlangan.

Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan va o‘t o‘chirish xizmatiga xabar bergan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qisqa fursat ichida bartaraf qilingan. Xayriyatki, yong‘in sababli tan jarohati olganlar kuzatilgani yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Shu o‘rinda, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан