Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘rt nafar sudya tayinlandi, yana to‘rt nafari jazoga tortiladi – Sudyalar oliy kengashi
23.05.2021 18:14,  
278

Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy malaka hay’atining qo‘shma majlisida to‘rt nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati «Telegram» messenjerdagi kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Kamilov Davlatmirza Kazakdjanovich va To‘lanov Maxamatibrohim Azimovich vakolati muddati davriga Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari etib, To‘raqulov To‘lqin Appakovich esa Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Najmutdinova Azizaxon Numanovna faoliyatini Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi sifatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Bundan tashqari Xudoynazarov Jo‘rabek To‘xtayevich sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlanib, shundan besh yilini fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatishi belgilandi.

Yig‘ilishda olti nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ayni masala muhokamasi yakunida, to‘rt nafariga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, ikki nafariga nisbatan rad etildi.

Odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonunchilikni buzgani va sud ishini tashkillashtirishda beparvoligi uchun intizomiy jazoga loyiq topilganlarning ikki nafari fuqarolik, bir nafari iqtisodiy, yana bir nafari jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar hisoblanadi, deyiladi Kengash matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumingizkim, intizomiy jazo choralari, Kengash roziligidan so‘ng, tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘llaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан