Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘rt yigit bir erkakni o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan
9.03.2021 20:23,  
439

Paxtachida to‘rt yigit bir erkakni o‘ldirib, uning jasadini Narpay kanaliga oqizib yuborgan. Mazkur jinoyat fosh etilib, qotillar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Paxtachi tumanida yashovchi F.M.ga notanish erkak telefon qilib, uni yoqtirib qolganini va u bilan uchrashmoqchi ekanini aytadi. Begona erkakning bunday surbetligidan g‘azablangan ayol voqeani qaynukasiga aytib beradi. Shundan so‘ng ayolning ukasi va uch nafar qaynisi erkakdan qasos olish maqsadida reja tuzishadi. Rejaga binoan F.M. erkakka telefon qilib, uchrashuvga rozi ekanini va uni eski bog‘cha binosida kutishini aytadi.

Erkak belgilangan joyga borganda 4 yigit uni kaltaklaydi. So‘ng yigitlardan biri uni ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘adi. Erkak vafot etadi. Uning o‘lib qolganini bilgan yigitlar erkakning jasadini Narpay kanaliga uloqtirishadi.

Tez orada jinoyat fosh etiladi, yigitlar tergov va sud jarayonida aybini to‘liq tan oladi.

Sud ularni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j», «p» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) va 267-moddasi 2-qismi «b» bandida (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatlarni qasddan sodir etganlikda aybdor deb topadi.

Ta’kidlanishicha, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ularning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi hisobga olingan. Sud hukmiga asosan, F.M.ning ukasi 18 yil-u 6 oy, uch nafar qaynisi esa mos ravishda 16 yil, 15 yil-u 3 oy hamda 13 yildan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан