Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘rtko‘lda 13 yoshli farzandini sotayotgan ayol ushlandi
25.05.2020 20:53,  
856

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli farzandini 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 19 may kuni 43 yoshli M.P. Beruniy tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda To‘rtko‘l tumanida yashovchi «Qunduz» ismli ayol noqonuniy ravishda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan.

Ushbu arizaga binoan, shu kuni soat 21:00 da To‘rtko‘l tumanida joylashgan namunali uyda ijarada yashab kelayotgan Qunduz K., o‘zining ikkinchi farzandi voyaga yetmagan 13 yoshli D.O.ni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollari hamda qolgan 14.600 AQSh dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Qunduz. K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан