Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent – Andijon poyezdiga otilgan tosh 9 yoshli bolakayga kelib tegdi
11.04.2022 18:04,  
159

10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otildi. Ushbu voqea soat 22:25 da “Oltiariq – Marg‘ilon” uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.  Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar bermoqda.

Poyezdning 6-vagonidagi oynasini yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da “Marg‘ilon” temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан