Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi barcha nooziq-ovqat bozor va savdo markazlari yopiladi
23.03.2020 18:30,  
604

2020 yil 24 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha buyum, qurilish materiallari, avtomobil sotuvi, maishiy-texnika, ikkilamchi buyumlar bozorlari va mulkchilikdan qat’iy nazar barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, faqatgina dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, dorixonalar faoliyati to‘xtatilmaydi, ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi.

Umumiy ovqatlanish muassasalariga yopiq holatda, ya’ni mijozlarni qabul qilmasdan, faqat taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga taom yetkazib berish xizmatlarini rivojlantirish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz karantin talablarini buzganlik uchun qonunda belgilangan choralar ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан