Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Toshkent bo‘yicha 35 ta noqonuniy qurilish aniqlangan» – Jahongir Ortiqxo‘jayev
4.11.2020 03:38,  
823

Anjumanda jurnalistlar tomonidan poytaxtda qancha noqonuniy qurilish holatlari aniqlanganligi yuzasidan savol berildi. Savolga Jahongir Ortiqxo‘jayev «Hozirda shahar bo‘yicha 35 ta noqonuniy qurilish bo‘yicha bizda ma’lumot bor. Agar jurnalistlarda ham shu kabi noqonuniy holatlar haqida ma’lumotlar bor bo‘lsa va uni bizga taqdim etishsa, xursand bo‘lardik», deya javob berdi.

Toshkent shahar hokimligi qurilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jalol Arashovning ma’lum qilishicha, noqonuniy qurilish holatlarining har biri alohida o‘rganiladi.

«Loyiha-simeta hujjatlariga asosan qurilgan yoki qurilmaganligi, yer ajratish qarorisiz, o‘zboshimchalik bilan, ya’ni bila turib qurilish ishlari boshlanganligi bosqichma-bosqich o‘rganilib, xulosalar chiqariladi. Bu bo‘yicha harakatlar endi boshlanadi», – dedi Jalol Arashov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан