Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdida yo‘lovchi 10 ming AQSh dollarini unutib, qoldirib ketdi
15.04.2021 09:19,  
588

Joriy yilning 13 aprel kuni 762-sonli “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining 5-vagonida ichida 8.850 AQSh dollari, 1.930.000 so‘m pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qo‘l sumkasi yo‘lovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda. 

Ushbu holat Transportda XTBB Yo‘lovchi poyezdlarini kuzatish bataloni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlandi.

Qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, o‘z egasiga to‘liq va beshikast holda yetkazildi.

Fuqaro Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан