Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lida avtobus jarlikka qulab tushdi
23.09.2019 17:38,  
895

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati Chimyonda turistik avtobusning yo‘ldan chiqib ketishi hodisasi yuzasidan axborot berdi.

Xabarda yozilishicha, 22 sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida soat taxminan 15:30 larda haydovchi U.A Toshkent shahar ”EASY GO TRANS” MChJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli, davlat raqam belgisi 01039 NEA bo‘lgan avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 81 km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

“O‘z navbatida, mazkur avtobus shu vaqtda haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan. Uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib borib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi pastlikka taxminan 10 metrlar tushib to‘xtab qolgan”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat natijasida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlarda avtobusni chiqarish choralari ko‘rilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан