Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti onlayn ta’limga o‘tdi
19.04.2021 13:20,  
116

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 19 apreldan noma’lum muddatga onlayn ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda  «Bugun.uz» ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, universitet professor-o‘qituvchilarining 5 nafarida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlangani sababli Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda 2021 yilning 19 aprel sanasidan boshlab o‘quv jarayoni noma’lum muddatga masofaviy shaklga o‘tkazilgan.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida qo‘shimcha xabar berilishi ta’kidlangan.

Avvalroq O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti karantinga yopilgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан