Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Toshkent davlat texnika universiteti hududida zamonaviy o‘quv-amaliy kompleksi barpo etiladi.
Dunyo tajribasidan ma’lumki, ko‘plab mashhur ilmiy muassasalar universitetlar ichida joylashgan. Rejalashtirilayotgan majmua ham shu hududdagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar uchun shunday markaz bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Bu yerda bir paytda 500 ta startap rezidentlari, 120 ta ishlab chiqarish korxonasini joylashtirish mumkin bo‘ladi.