Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent davlat texnika universitetidagi yong‘in yuzasidan munosabat bildirildi
28.10.2021 15:40,  
213

Toshkent davlat texnika universitetida joylashgan oshxonada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 28-oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet  ko‘chasi TDTU hududida joylashgan yengil konstruksiyalar bilan qurilgan xususiy mulkdor foydalanishidagi oshxonada yong‘in kelib chiqdi.

Mazkur holat haqida universitet mas’ullari tomonidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berildi. 

Jalb etilgan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib kelgan holda qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etdi.

Sodir bo‘lgan yong‘in universitetning o‘quv binolari va moddiy-texnik bazasiga hech qanday zarar keltirmagan.
  
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан