Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent davlat yuridik universitetining xorijdagi ilk fakulteti ochildi
28.10.2020 11:05,  
181

Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan tadbirda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilanganidek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish, mamlakatimizga xorijiy talabalar va investitsiyalarni jalb etish, TDYuUning xalqaro reytinglarga kirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur fakultet universitetning xorijdagi ilk fakulteti ekani qayd etildi.

Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston Respublikasi, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан