Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlarlardan bir ekanligi aniqlandi
19.03.2019 12:16,  
12

The Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi 2019 yilda yashash uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini aniqladi, deb yozadi Spot. 

Tahlilchilar dunyoning 133 ta shahrida non va ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar narxlarini taqqoslashdi. Qiyosiy tahlilda Nyu-Yorkda istiqomat qilish narxi asos qilib olindi.

Dastlabki birinchi o‘rinni uchta shahar Parij, Gonkong va Singapur egallagan. Dunyodagi eng qimmat shaharlar o‘ntaligi quyidagicha:

  • 1. Singapur (Singapur)
  • 1. Parij (Fransiya)
  • 1. Gonkong (Xitoy)
  • 4. Syurix (Shveysariya)
  • 5. Jeneva (Shveysariya)
  • 5. Osaka (Yaponiya)
  • 7. Seul (Janubiy Koreya)
  • 7. Kopengagen (Daniya)
  • 7. Nyu-York (AQSh)
  • 10. Tel-Aviv (Isroil)
  • 10. Los-Andjeles (AQSh)

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, odatda eng qulay va xavfsiz bo‘lgan shaharlarda hayot kechirish qimmat. Bu ro‘yxatdagi deyarli barcha shahar dunyoda yashash uchun eng yaxshi joylar reytingiga kiritilgan.

Aksincha, imkoniyatlar kam, siyosat yoki iqtisodiyot bilan muammolar kuzatiluvchi joylarda istiqomat qilish nisbatan arzon. Xususan, Karakas (Venesuela), Damashq (Suriya) va Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar deya qayd etildi.

Dunyodagi eng arzon shaharlar reytingi quyidagicha:

  • 1. Karakas (Venesuela)
  • 2. Damashq (Suriya)
  • 3. Toshkent (O‘zbekiston)
  • 4. Olmaota (Qozog‘iston)
  • 5. Bangalor (Hindiston)
  • 6. Karachi (Pokiston)
  •  6. Lagos (Nigeriya)
  • 7. Buenos-Ayres (Argentina)
  • 7. Chennay (Hindiston)
  • 8. Nyu-Dehli (Hindiston).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан