Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent yerusti halqa metrosining «Do‘stlik-2» bekati yaqinida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi
25.02.2021 09:44,  
517

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi yerusti metrosining beton plitasida darcha hosil bo‘lgani haqida video tarqaldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishning 4-bekatida hosil bo‘lgan ushbu darcha to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24 fevral, chorshanba kuni tungi soat 00:00 dan keyin, ya’ni metro poyezdlari harakati to‘xtatilgandan so‘ng kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan.

Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish me’yor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan.

Ta’kidlanishicha, kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘ldagi chiqindilar tozalangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан