Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda
17.09.2021 21:39,  
46

26 sentyabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. 

Rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi, deya «Uzbekistan Airways» AJ xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent – Kiyev yo‘nalishida aviachipta 2 234 655 so‘mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so‘mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.

Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan,Uzbekistan Airways Sale sfilialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан